“Real Sanjik” 5 yilga ozodlikdan mahrum qilindi, u sud qaroridan norozi

Ijtimoiy tarmoqlarda “Real Sanjik” nomi bilan tanilgan tadbirkor Sanjar Karimovga oid sud ishi yakunlandi. Mahkama hukmiga ko‘ra, u 5-yil muddatga ozodlikdan mahrum qilingan.
Shuningdek, sud tomonidan unga BHMning 410 baravari miqdorida jarima ham tayinlangan. Ma’lum qilinishicha, Sanjar Karimov Jinoyat kodeksining bir nechta moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.
Jumladan, unga nisbatan 112 modda 1 qismi, 168 modda 4 qismi va 273 modda 2 qismi bo‘yicha ayblovlar qo‘yilgan. Sud jarayonidan so‘ng tadbirkor qarorga nisbatan noroziligini bildirgan.
“Men o‘ylaymanki, sudya adolatli va xolis qaror chiqarmadi”, — degan u. Hozircha mazkur hukm yuzasidan qo‘shimcha rasmiy ma’lumotlar e’lon qilinmagan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing