Ishga kiritish uchun pul so‘raldi: Nurafshon va Chiroqchida mansabdorlar ushlandi

Nurafshon va Chiroqchi tumanlarida fuqarolarni pullik evaziga ishga joylashtirmoqchi bo'lgan mansabdor shaxslar fosh etildi. Nurafshon shahar tibbiyot birlashmasi bosh hisobchisi L.S. ikki kishini farroshlikka kiritish uchun 1 000 AQSH dollari olgan paytda qo'lga olindi. Shuningdek, Chiroqchi tumanidagi oilaviy shifokorlik punkti mudiri Q.L. ham fuqaroni hamshiralikka ishga kiritish evaziga 500 AQSH dollari olganda ushlandi.
Nurafshon va Chiroqchi tumanlarida fuqarolarni ishga kiritib qo‘yishni va’da qilib, pul olgan shaxslar ushlandi.
Tezkor tadbirda Nurafshon shahar tibbiyot birlashmasi bosh hisobchisi L.S. ikki nafar fuqaroni farrosh vazifasiga ishga joylashtirish evaziga 1 000 AQSH dollarini olgan vaqtida qo‘lga olindi.
Chiroqchi tumanida esa tibbiyot birlashmasiga qarashli oilaviy shifokorlik punkti mudiri Q.L. fuqaroni hamshira lavozimiga ishga kiritishni va’da qilib, 500 AQSH dollarini olgan paytda ushlandi.
Har ikki holat bo‘yicha Jinoyat kodeksining firibgarlik va pora berish bilan bog‘liq moddalari asosida jinoyat ishlari qo‘zg‘atildi.
Ayni paytda huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan tergov harakatlari davom ettirilmoqda.































Izohlar 0
…