2027 yildan AYOQSH xodimlariga rasmiy ruxsat talab qilinadi

2027 yildan AYOQSH xodimlariga rasmiy ruxsat talab qilinadi

2027 yil 1 yanvardan O‘zbekistonda xodimlari xavfli ishlab chiqarish obyektlarida ishlash uchun rasmiy ruxsatga ega bo‘lmagan avtomobil yoqilg‘i quyish shoxobchalari va gaz to‘ldirish inshootlaridan foydalanish taqiqlanadi.

Yangi tartibga ko‘ra, obyektda ishlaydigan mutaxassislarda tegishli sertifikat va ruxsatnomalar bo‘lmasa, shoxobcha faoliyati qonunchilikda belgilangan tartibda vaqtincha to‘xtatiladi.

Kamchiliklar bartaraf etilgan, xodimlarning malakasi va ishlash huquqi tasdiqlangan kunning o‘zida obyekt faoliyati avtomatik tarzda qayta tiklanadi.

Ushbu talab yoqilg‘ini saqlash, to‘ldirish va sotish bilan bog‘liq obyektlarda sanoat xavfsizligini kuchaytirishga qaratilgan. Shuningdek, xodimlarning malakasiz ishlashi oqibatida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan avariya va boshqa xavflarni kamaytirish ko‘zda tutilgan.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar