“Itni qiynaymiz” nomli kanal jamoatchilikning keskin noroziligiga sabab bo‘ldi

Ijtimoiy tarmoqlarda paydo bo‘lgan “Itni qiynaymiz” nomli kanal keng jamoatchilikning keskin e’tiroziga sabab bo‘ldi. Kanalga joylangan ilk videoda noma’lum shaxslar kichik kuchukchani oqimi kuchli daryoga uloqtirgani aks etgan.
Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, ushbu holat Surxondaryo viloyatining Termiz shahrida sodir bo‘lgan. Hozircha videoda tasvirlangan kuchukchaning taqdiri noma’lumligicha qolmoqda.
Mazkur video ijtimoiy tarmoqlarda keng tarqalib, foydalanuvchilarning keskin noroziligiga sabab bo‘ldi. Ko‘plab fuqarolar hayvonga nisbatan shafqatsiz munosabat bildirgan shaxslarni tezkor ravishda aniqlash, ularga qonun doirasida chora ko‘rish va bunday holatlarning takrorlanishiga yo‘l qo‘ymaslikni talab qilmoqda.
Ayni paytda voqea yuzasidan mas’ul idoralar tomonidan rasmiy ma’lumot berilmagan. Holat bo‘yicha tekshiruv boshlanishi kutilmoqda.






























Izohlar 0
…