Toshkentda shubhali 176 kilogramm go‘sht yo‘q qilindi

Shayxontohur tumani Sanepidqo‘mita mutaxassislari oziq-ovqatdan zaharlanish holatlarining oldini olish maqsadida «Eski Juva» dehqon bozorida reyd o‘tkazdi.
Monitoring davomida bozor avtoturargohida 176 kilogramm muzlatilgan mol go‘shti aniqlangan. Mahsulot qora polietilen paketlarda saqlangan bo‘lib, unga tegishli veterinariya hujjatlari bo‘lmagan. Shuningdek, go‘shtni saqlashda sanitariya talablariga rioya qilinmagan.
Aholi salomatligi uchun ehtimoliy xavf tug‘dirishi sababli mazkur go‘sht savdo muomalasidan olib qo‘yilgan va belgilangan tartibda yo‘q qilingan.
Tekshiruv yakunlariga ko‘ra, oziq-ovqat mahsulotlarini tashish va saqlash qoidalari bilan bog‘liq yana oltita qoidabuzarlik aniqlangan. Mas’ul shaxslarga nisbatan ma’muriy bayonnomalar rasmiylashtirilgan.
































Izohlar 0
…