Toshkentda piyodalar o‘tish joyi uchun yangi tizim ishga tushdi

Osiyo ko‘chasidagi piyodalar o‘tish joyiga haydovchilar e’tiborini oldindan jalb qiladigan RRFB chiroqlari o‘rnatildi.
Yangi tartibga ko‘ra, piyoda yo‘lni kesib o‘tishdan oldin maxsus tugmani bosadi. Shundan so‘ng haydovchilar uchun yorqin sariq ogohlantiruvchi chiroqlar ishga tushadi.
Chiroqlar piyodalarni uzoqdan ko‘rishga yordam beradi va haydovchiga o‘tish joyiga yaqinlashmasdan turib tezlikni kamaytirish imkonini yaratadi.
Tizim elementlari yo‘l yoqasida, ajratuvchi qismda va yo‘lning yuqori qismida joylashtirilgan.
Hozirda loyiha sinov tariqasida ishlayapti. Samaradorlik tasdiqlansa, bunday chiroqlar poytaxtning boshqa piyodalar o‘tish joylariga ham o‘rnatilishi mumkin.
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling































Izohlar 0
…