Yoshlar tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlashga 50 milliard so‘m ajratiladi

Yoshlar tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlashga 50 milliard so‘m ajratiladi

Prezident yoshlar uchun yaratilayotgan imkoniyatlardan hech bir o‘g‘il-qiz chetda qolmasligi kerakligini ta’kidladi.

Yoshlar ishlari agentligi va Ijtimoiy himoya milliy agentligiga joriy yilda «Vatan mehri — ijtimoiy tashabbuslar» tanlovini o‘tkazish topshirildi.

Tanlov doirasida aholi muammolariga eng yaxshi yechim taklif qilgan volontyorlar va 50 ta ijtimoiy loyiha muallifi taqdirlanadi.

Shuningdek, Ijtimoiy himoya milliy agentligi, Ichki ishlar vazirligi, Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi hamda Yoshlar ishlari agentligi hamkorligida «Qanot» loyihasi ishga tushiriladi.

Loyiha ijtimoiy xavf guruhidagi bolalarni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan. Ular ijtimoiy xizmatlar, ta’lim, sport, musiqa va san’at yo‘nalishlariga jalb etiladi.

Bu orqali yoshlarning qayta huquqbuzarlik sodir etishining oldini olish maqsad qilingan.

Iyun oyida o‘tkazilgan «Yoshlar tashabbuslari marafoni»da yigit-qizlar ilm-fan, madaniyat, biznes, startap va sun’iy intellekt yo‘nalishlarida minglab takliflarni ilgari surgan.

Yoshlar ishlari agentligiga «Tashabbuslar ofisi»ni tashkil etish vazifasi qo‘yildi. Ushbu tuzilma yoshlar g‘oyalarini amaliy loyiha, mahsulot va xizmatga aylantirish bilan shug‘ullanadi.

Bu ishlar uchun 50 milliard so‘m mablag‘ ajratiladi.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar