Qo‘qonda 20 yoshli yigit tanishini pichoqlab o‘ldirdi: sud hukmi chiqdi

1 daqiqa o'qish203
Qo‘qonda 20 yoshli yigit tanishini pichoqlab o‘ldirdi: sud hukmi chiqdi
QisqachaAI yordamida tayyorlanganKo‘rsatish
  • Farg'ona viloyatining Qo'qon shahrida yoshlar o'rtasidagi kelishmovchilik oqibatida 2006 yilda tug'ilgan yigit tanishini pichoqlab o'ldirdi.
  • Jinoyat ishlari bo'yicha Qo'qon shahar sudi tomonidan ko'rib chiqilgan ish natijasiga ko'ra, ayblanuvchi Jinoyat kodeksining 97-moddasi 1-qismi va 267-moddasi 1-qismi bilan aybdor deb topildi.
  • Unga nisbatan tayinlangan jazolar qisman qo'shilib, 8 yil 6 oy muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi belgilandi.

Farg‘ona viloyatining Qo‘qon shahrida yoshlar o‘rtasida uzoq vaqtdan buyon davom etib kelgan nizo qonli yakun topdi. Ko‘chada yuz bergan janjal oqibatida bir yigit halok bo‘ldi, ayblanuvchi esa sud hukmi bilan uzoq muddatga ozodlikdan mahrum etildi.

Sud materiallariga ko‘ra, voqea kuni 2006 yilda tug‘ilgan yigit mobil ilova orqali taksi chaqirib, o‘ziga tanish bo‘lgan uch nafar qiz bilan Qo‘qon shahridagi savdo nuqtalaridan biriga yo‘l olgan.

U yerda u avvaldan kelishmovchiligi bo‘lgan bir guruh yigitlarga duch kelgan. Vaziyat keskinlashishini anglagan yigit avtomobildan tushmasdan ortiga qaytishga qaror qilgan. Biroq qarshi tomon uni ko‘rib qolib, avtomashinada ta’qib qilishni boshlagan.

Ma’lum qilinishicha, ta’qibchilar Matiz avtomashinasiga yetib olib, uning eshik va oynalariga zarba bergan. Hodisadan sarosimaga tushgan haydovchi avtomashinani boshqarish chog‘ida beton to‘siqqa urib olgan. Shundan keyin sudlanuvchi rulga o‘tirib, voqea joyidan chiqib ketishga uringan.

Oradan ko‘p o‘tmay, Nexia avtomashinasida kelgan yigitlar Matiz yo‘lini to‘sib, uni to‘xtatgan. Ular avtomobildagi qizlardan birini tushirishga uringan vaqtda janjal yana avj olgan.

Shu asnoda sudlanuvchi yonida bo‘lgan pichoqni ishlatib, o‘z tomoniga yaqinlashgan yigitlardan biriga ko‘krak qismiga zarba bergan. Og‘ir tan jarohati olgan jabrlanuvchi voqea joyida hayotdan ko‘z yumgan.

Mazkur jinoyat ishi Jinoyat ishlari bo‘yicha Qo‘qon shahar sudida ko‘rib chiqildi. Sud hukmiga ko‘ra, ayblanuvchi Jinoyat kodeksining 97-moddasi 1-qismi (qasddan odam o‘ldirish) hamda 267-moddasi 1-qismi bilan aybdor deb topildi.

Tayinlangan jazolar qisman qo‘shilib, unga 8 yil 6 oy muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi belgilandi. Jazoni umumiy tartibli jazoni ijro etish koloniyasida o‘tashi belgilangan.

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?