Navoiyda noqonuniy oltin qazish chog‘ida 3 kishi kon ostida qoldi

1 daqiqa o'qish110
Navoiyda noqonuniy oltin qazish chog‘ida 3 kishi kon ostida qoldi

Navoiy viloyatida noqonuniy oltin qazish bilan shug‘ullangan fuqarolar ishtirokida xavfli hodisa sodir bo‘ldi. Kon hududida qazilgan chuqurlikning o‘pirilishi oqibatida uch nafar shaxs tuproq ostida qolib ketdi.

Navoiy viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi ma’lumotiga ko‘ra, voqea 7 iyul kuni soat 04:22 atrofida Xatirchi tumanidagi “Angidon” mahallasiga qarashli Quvray qishlog‘i tog‘ hududida yuz bergan.

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, to‘rt nafar fuqaro noqonuniy ravishda oltin qazib olish maqsadida kon hududiga borgan. Qazish ishlari davomida yer o‘pirilib, ulardan uch nafari chuqurlikka tushib ketgan va tuproq ostida qolgan.

Hodisa vaqtida tashqarida bo‘lgan to‘rtinchi shaxs zudlik bilan atrofdagilar va qutqaruv xizmatiga xabar bergan. Qutqaruvchilar yetib kelguniga qadar mahalliy aholi va ularning sherigi bir nafar fuqaroni tuproq orasidan chiqarishga muvaffaq bo‘lgan.

Oradan ko‘p o‘tmay voqea joyiga yetib kelgan FVB qutqaruvchilari maxsus qutqaruv ishlarini amalga oshirib, tuproq ostida qolgan yana ikki nafar fuqaroni ham sog‘-omon qutqarib oldi.

Qutqarilganlarga hodisa joyida birinchi tibbiy yordam ko‘rsatildi va ularning salomatligini tekshirish uchun shifoxonaga olib borildi.

Mutasaddilar mazkur holat yuzasidan tegishli tartibda tekshiruv ishlarini olib bormoqda.

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?