date

Xitoy koinotdan turib mustaqil qaror qabul qiluvchi sunʼiy intellektni yaratdi

Xitoy koinotdan turib mustaqil qaror qabul qiluvchi sunʼiy intellektni yaratdi

Xitoylik aerokosmik tadqiqotchilar katta til modellari va muvofiqlashtirilgan sunʼiy intellekt agentlari kombinatsiyasiga asoslangan mutlaqo yangi sunʼiy yoʻldosh kuzatuv tizimini taqdim etishdi. Air Target Agent System deb nomlangan ushbu majmua Yer yuzidagi vaziyatni mustaqil tahlil qilish va bevosita orbitaning oʻzidan tezkor qarorlar qabul qilish qobiliyatiga ega. Bu haqda Ixbt.com xabar beradi.

Tasvirlarni tanib olishga moʻljallangan klassik dasturlardan farqli oʻlaroq, Air Target Agent System shunchaki obʼyektlarni belgilash bilan cheklanib qolmaydi. Tizim sunʼiy yoʻldosh suratlarini mustaqil talqin qila oladi, mantiqiy xulosalar chiqaradi va inson operatori ishtirokisiz javob choralarini boshlaydi. Shuningdek, u missiya davomida yuzaga keladigan texnik nosozliklarni avtonom tarzda bartaraf etish xususiyatiga ham ega.

South China Morning Post (SCMP) nashrining xabar berishicha, ushbu platformaning yaratilishi Xitoyning harbiy sunʼiy intellektdan foydalanish shaffofligini oshirishga boʻlgan urinishidir. Bu harakat AQSHning maxfiy avtomatlashtirilgan nishonni belgilash tizimlari xalqaro miqyosda qattiq tanqid qilinayotgan bir paytda yuz bermoqda. Maʼlumotlarga koʻra, Amerika algoritmlaridagi xatoliklar Eron bilan mojaroda fojiali oqibatlarga olib kelgan.

Hozirga qadar Xitoy hukumati sunʼiy intellekt ustidan qatʼiy inson nazorati oʻrnatilishini rasman eʼlon qilib kelayotgan edi. Biroq, Air Target Agent System texnologiyasi inson aralashuvini minimallashtirishga yoʻnaltirilgan boʻlib, u mamlakat mudofaa dasturining muhim qismiga aylanishi kutilmoqda. Yangi yondashuv maʼlumotlarni tahlil qilish vaqtini keskin qisqartirish bilan birga, dinamik jangovar ssenariylarda yuqori ishonchlilikni taʼminlaydi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Texno » Xitoy koinotdan turib mustaqil qaror qabul qiluvchi sunʼiy intellektni yaratdi