23:06 / 12.05.2017
6 400

Toshkent shahrining barcha pasport stollarida On-line tartibda navbatga turish xizmati yo‘lga qo‘yildi

Toshkent shahrining barcha pasport stollarida On-line tartibda navbatga turish xizmati yo‘lga qo‘yildi
Hozirgi zamon talablaridan kelib chiqib, fuqarolarga yanada qulayliklar yaratish maqsadida Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali masofadan turib biometrik pasport olish uchun navbatga turish va belgilangan muddatda “biometrik ma’lumotlarni yig‘ish punkti”ga tashrif buyurishi mumkin bo‘lgan xizmat turi joriy qilindi. Bu haqida Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi saytida xabar berildi.

Fuqaro Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalidagi shaxsiy kabinetga kirish uchun ID.UZ (www.id.uz) identifikasiya tizimida ro‘yxatdan o‘tishi talab etilib, so‘ngra www.gov.uz internet sahifasining “Fuqarolik” bo‘limiga kirish yo‘li orqali, biometrik pasport hujjatlashtirish uchun On-line tartibda navbatga turish mumkin bo‘ladi.

Bu tartib Toshkent shahrining barcha “biometrik ma’lumotlarni yig‘ish punktlari”da joriy qilingan bo‘lib, fuqarolarga hamda tizimda faoliyat yuritayotgan mas’ul xodimlarga yanada qulayliklar yaratadi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Toshkent shahrining barcha pasport stollarida On-line tartibda navbatga turish xizmati yo‘lga qo‘yildi