Do‘rmon yo‘li va G‘azalkent kesishmasida og‘ir YTH qayd etildi

Toshkentda 16 iyul kuni kechki payt xizmat mototsikllari ishtirokida og‘ir yo‘l-transport hodisasi yuz berdi. Soat 18:30 atrofida Mirzo Ulug‘bek tumanidagi Do‘rmon yo‘li va G‘azalkent ko‘chalari kesishmasida uch nafar YPX inspektori boshqaruvidagi mototsikllar Onix avtomobili bilan to‘qnashgan.
Hodisa oqibatida inspektorlardan biri og‘ir jarohat olgan va voqea joyida vafot etgan. Boshqa jabrlanganlarga shifokorlar tomonidan tibbiy yordam ko‘rsatilmoqda.
Ijtimoiy tarmoqlarda hodisa kortejni kuzatish vaqtida sodir bo‘lgani haqida xabarlar tarqalgan. Rasmiy idoralar bu ma’lumotni rad etdi va fuqarolardan ishonchsiz xabarlarni tarqatmaslikni so‘radi.

Yo‘l-transport hodisasi yuzasidan tergovga qadar tekshiruv boshlangan. Hodisaning aniq sabablari va ishtirokchilar harakati tekshiruv davomida o‘rganiladi.































Izohlar 0
…