Farg‘onada “pravasiz” o‘smir BMW'da YTHga uchrab, halok bo‘ldi

Farg‘onada “pravasiz” o‘smir BMW'da YTHga uchrab, halok bo‘ldi

Farg‘ona viloyatining Furqat tumanida haydovchilik guvohnomasisiz BMW boshqargan o‘smir yo‘l-transport hodisasida halok bo‘ldi. Ma’lum qilinishicha, avtomobil katta tezlikda harakatlangan va haydovchi boshqaruvni yo‘qotgan.

Yo‘l harakati xavfsizligi xizmati ma’lumotiga ko‘ra, o‘smir avval ham haydovchilik guvohnomasi yo‘qligi sababli ogohlantirilgan va unga nisbatan chora ko‘rilgan. Shunga qaramay, u yana rulga o‘tirgan.

Hodisa vaqtida avtomobil keskin burilishda boshqaruvdan chiqib, avval ogohlantirish ustuniga, keyin beton simyog‘och va daraxtga urilgan.

Mashinada bo‘lgan yo‘lovchilardan biri tezlik soatiga 100 kilometrdan oshganini aytgan. Uning so‘zlariga ko‘ra, to‘qnashuvdan keyin avtomobil ag‘darilgan, o‘zi esa oynadan tashqariga chiqib ketgan.

Yo‘lovchi hodisadan so‘ng haydovchini ko‘rganida uning tashqi ko‘rinishida jiddiy jarohat sezilmaganini, biroq pulsini tekshirganda o‘smir vafot etganini anglaganini bildirgan.

Izohlar 0

…

Mavzuga oid yangiliklar