To‘yxonadagi “O‘rgimchak-odam” chiqishi internetda keng tarqaldi

To‘yxonadagi “O‘rgimchak-odam” chiqishi internetda keng tarqaldi

Ijtimoiy tarmoqlarda O‘zbekistondagi to‘ylardan birida tasvirga olingan noodatiy chiqish aks etgan video keng tarqalmoqda.

Videoda “O‘rgimchak-odam” (Spider-Man) qahramoni libosidagi shaxs kichik velosipedda to‘yxona zaliga kirib kelgani ko‘rinadi. U mehmonlar qarshisida velosipedda harakatlanib, turli raqs va shou elementlarini namoyish etgan.

Kutilmagan chiqish to‘yga tashrif buyurgan mehmonlarning e’tiborini tortgan. Ayrimlar telefonlarini olib, noodatiy shouni videoga olishga tushgan.

Mazkur lavha qisqa vaqt ichida ijtimoiy tarmoqlarda tarqalib, foydalanuvchilar orasida turli fikrlar uyg‘otdi. Ba’zilar bunday chiqishni to‘y dasturiga o‘ziga xoslik qo‘shadigan qiziqarli shou sifatida baholagan bo‘lsa, boshqalar esa bunday noodatiy tomoshalar to‘ylarda yangi trendga aylanayotganini ta’kidlagan.

Izohlar 0

…

Mavzuga oid yangiliklar