Olmaliqda chiqindi quvuri yorilib ketdi

Olmaliqda chiqindi quvuri yorilib ketdi

Olmaliq kon-metallurgiya kombinatiga qarashli quvurda yorilish sodir bo‘ldi. OKMK Axborot xizmati ma’lumotiga ko‘ra, hodisa soat 11:55 da qayd etilgan.

Nosozlik Mis boyitish fabrikasidan chiqindi saqlash omboriga olib boruvchi quvurda yuzaga kelgan. Xabar kelib tushgach, kombinat mutaxassislari hodisa joyiga yetib borib, ta’mirlash ishlarini boshlagan.

Ma’lum qilinishicha, quvurdagi yorilish tezkorlik bilan bartaraf etilgan. Ayni paytda hodisa sodir bo‘lgan hududni tozalash ishlari davom etmoqda.

OKMK tomonidan quvurning yorilishiga nima sabab bo‘lgani va hodisa oqibatida qancha zarar yetgani haqida hozircha qo‘shimcha ma’lumot berilmadi.

Izohlar 0

…

Mavzuga oid yangiliklar