26 avgust kuni Mirzo Ulug‘bek tumanida gaz vaqtincha o‘chiriladi

26 avgust kuni Mirzo Ulug‘bek tumanida gaz vaqtincha o‘chiriladi

26 avgust kuni Toshkent shahrining Mirzo Ulug‘bek tumanida ayrim hududlarda tabiiy gaz ta’minoti vaqtincha to‘xtatiladi.

Ma’lumotga ko‘ra, gaz ta’minoti soat 10:00 dan 17:00 gacha uziladi. Bunga gaz quvurlarini yagona tarmoqqa ulash bo‘yicha rejalashtirilgan ta’mirlash ishlari sabab bo‘ladi.

Ishlar “Hududgaz Poytaxt” gaz ta’minoti filialining “Mirzo Ulug‘bektumangaz” bo‘limi tomonidan olib boriladi.

Gaz ta’minoti quyidagi manzillarda vaqtincha to‘xtatiladi:

• “Alisherobod” MFY, Milliy bog‘ ko‘chasi, 28 ta xonadon;
• “Chingeldi” MFY, Milliy bog‘ ko‘chasi, 763 ta xonadon.

Umumiy hisobda 791 ta xonadonda tabiiy gaz ta’minoti vaqtincha cheklanadi. Ta’mirlash ishlari yakunlangach, gaz berish qayta tiklanadi.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar