IIBB 402 nafar qidiruvdagi shaxs ushlanganini ma’lum qildi

Toshkent shahar IIBB tezkor-qidiruv tadbirlari yakunlari bo‘yicha ma’lumot berdi. Unga ko‘ra, poytaxtda jinoyatchilikka qarshi kurash, giyohvand moddalarning noqonuniy aylanmasi va qurol saqlash holatlarini aniqlash bo‘yicha qator choralar ko‘rilgan.
Tadbirlar davomida 34 dona o‘qotar qurol va 668 dona o‘q-dori musodara qilingan. Shuningdek, 49 dona pnevmatik qurol hamda 1 429 dona sovuq qurol aniqlangan.
Giyohvand moddalar bilan bog‘liq yo‘nalishda 640 ta noqonuniy muomala holati fosh etilgan. Natijada 84 kilogrammdan ortiq giyohvand modda va qariyb 4,8 ming dona kuchli ta’sir qiluvchi modda muomaladan chiqarilgan.
Jinoyatlarni ochish bo‘yicha ham ma’lumot berildi. Qayd etilishicha, 407 ta jinoyat ishi “issiq izidan” ochilgan. Qidiruvda bo‘lgan 402 nafar shaxs ushlangan.
Bundan tashqari, bedarak yo‘qolgan 164 nafar fuqaro topilib, yaqinlariga qaytarilgan.































Izohlar 0
…