Chiroqchida nogironligi bo‘lgan erkakni kaltaklash bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Ijtimoiy tarmoqlarda Qashqadaryo viloyati Chiroqchi tumanida nogironligi bo‘lgan erkak bir guruh shaxslar tomonidan kaltaklangani aks etgan videolar tarqaldi.
Holat yuzasidan Qashqadaryo viloyati Ichki ishlar boshqarmasi munosabat bildirib, voqea to‘liq o‘rganilganini ma’lum qildi. Tekshiruv davomida hodisada ishtirok etgan barcha shaxslar aniqlangan.
Ma’lum qilinishicha, mazkur holat yuzasidan Chiroqchi tumani IIB Tergov bo‘limi tomonidan Jinoyat kodeksining 277-moddasi 3-qismi «g» bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.
Tergov yakuniga ko‘ra, voqeada ishtirok etgan shaxslarning harakatlariga huquqiy baho beriladi. Qonunbuzarlik sodir etgan shaxslarga nisbatan qonunda belgilangan choralar ko‘rilishi ma’lum qilindi.






























Izohlar 0
…