Qarshida 21 yoshli talaba yigit qizning telefonini olib qochdi

Qarshi shahrida 21 yoshli talaba yigit sheriklari bilan birgalikda ko‘chada ketayotgan qizning telefonini ochiqdan-ochiq tortib olgani aytilmoqda.
Ma’lumotlarga ko‘ra, voqea tungi vaqtda sodir bo‘lgan. Yigit sheriklari bilan oldindan jinoiy reja tuzib, qizning qiymati 8 million so‘mga baholangan iPhone 13 Pro Max telefonini tortib olgan va voqea joyidan qochib ketgan.
Mazkur holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, ish sudda ko‘rib chiqilgan. Sudlanuvchi yetkazilgan moddiy zararni to‘liq qoplagan.
Shunga qaramay, sud tomonidan unga 3 yil 6 oy muddatga ozodlikni cheklash jazosi tayinlangan.






























Izohlar 0
…