Kredit qarzi undirildi

Kredit qarzi undirildi

Majburiy ijro byurosining Jizzax viloyati boshqarmasi ish yurituvidagi ijro hujjatiga asosan, «Turonbank» ATB foydasiga MCHJdan undirilishi lozim bo‘lgan 105 million so‘m miqdoridagi kredit qarzi bo‘yicha tegishli ijro harakatlari amalga oshirildi.

Ijro jarayonida qarzdorlik to‘liq miqdorda, naqd pul ko‘rinishida undirilib, undiruvchi bank manfaati ta’minlandi.

Shu tariqa, uzoq vaqt davomida mavjud bo‘lgan kredit qarzdorligi bartaraf etilib, ijro hujjatida belgilangan talablar amalda ta’minlandi.

Eslatma: kredit majburiyatlarini o‘z vaqtida bajarish nafaqat moliyaviy barqarorlikni saqlash, balki ortiqcha ijro harakatlari va qo‘shimcha xarajatlarning oldini olishga ham xizmat qiladi.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar