Bolalari bilan ko‘chada qolgan ayol kelinlik uyiga kiritildi

Bolalari bilan ko‘chada qolgan ayol kelinlik uyiga kiritildi

 Oilaviy kelishmovchilik oqibatida kelin 4 nafar farzandlari bilan ko‘chaga haydalgan. Ayol, bolalari bilan bir muddat ota-onasining uyida yashagan. Boshpanasiz qolgan ayol, kelin bo‘lib tushganuyga kiritish haqida sudga da’vo arizasi kiritgan. Sud da’voni qanoatlantirgan.

Sud qarori bilan javobgar zimmasiga da’vogarva uning 4 nafar voyaga yetmagan farzandlari bilan birga kelin bo‘lib tushgan xonadoniga kirishiga qarshilik qilmaslik majburiyati yuklatilgan.

Ijro hujjati Byuroning Buxoro tuman bo‘limiish yurituviga kelib tushgan va ijro ishi yuritishni qo‘zg‘atish to‘g‘risida qaror qabul qilinib, ijro harakatlariga kirishilgan.

Qarzdor ijro hujjati mazmuni, talablari bilan tanishtirilib, ixtiyoriy bajarmaslikninghuquqiy oqibatlari haqida tushuntirilgan.
Olib borilgan ijro harakatlari davomida ayol 4 nafar farzandlari bilan birga kelinlik uyiga kiritilib, ijro ishi amalda tamomlandi.
Mazkur tadbirlar davom etmoqda.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar