Murojaatlar bee’tibor qolmayapti

Majburiy ijro byurosi Xorazm viloyati boshqarmasi va uning hududiy bo‘limlariga kelib tushayotgan jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini qonuniy hal qilishga alohida e’tibor qaratilmoqda.
Xususan, joriy yilning o‘tgan 8 oyi davomida jami 4 240 ta murojaatlar kelib tushib, shundan 3 856 ta murojaatlar hal qilingan. Hal qilingan murojaatlardan 1 328 tasi qanoatlantirilgan bo‘lib, 2 528 tasiga huquqiy tushuntirishlar berilgan. Murojaatlarning 83 tasi ko‘rmasdan qoldirilgan hamda 21 tasi ko‘rib chiqilishi tugatilgan.
Shuningdek, boshqarma boshlig‘i tomonidan fuqarolarga qulayliklar yaratish maqsadida har haftaning chorshanba kuni viloyatning olis hududlarida jami 32 ta sayyor qabullar o‘tkazilib, o‘tkazilgan qabullarda jami 717 nafar fuqarolarning murojaatlari tinglanib, ularning muammolari alohida nazoratga olinib, ko‘rib chiqilishi ta’minlandi.































Izohlar 0
…