21 oktyabr – O‘zbek tili bayrami kuni

Hech shubhasiz, xalqning o‘zligini namoyon etuvchi qadriyatlaridan biri uning milliy tilidir. Til millatning yashashi va ravnaq topishining kafolati, kerak bo‘lsa asosiy sharti hisoblanadi.
Zotan, bugungi tahlikali davrda har bir xalq, har qaysi mustaqil davlat o‘z milliy manfaatlarini ta’minlash maqsadida, avvalo, o‘z ona tilini asrab-avaylash va rivojlantirish masalasiga ustuvor ahamiyat qaratishi tabiiy.
Bugun Bosh prokuratura tomonidan yaqinlashib kelayotgan 21 oktyabr “O‘zbek tili bayrami kuni” munosabati bilan joylarda ma’naviy va ma’rifiy tadbirlarni tashkil etish, shuningdek “Millat ona tili bilan tirikdir!” xodimlar o‘rtasida turli tanlovlarni tashkil etish yuzasidan Bosh prokuraturada videokonferensaloqa orqali yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda Bosh prokurorning “Millat ona tili bilan tirikdir!” mavzusida tanlov o‘tkazish haqidagi buyrug‘i ijrosi ko‘rib chiqildi.
Tanlov 3 ta yo‘nalishda, xususan, “tizimli – tahliliy ish tanlovi”, “savodxonlik tanlovi”; “she’riyat va notiqlik tanlovi” o‘tkaziladi.
Majburiy ijro byurosining markaziy apparati mas’ul xodimlari ham ushbu uchrashuvda ishtirok etib, xodimlar tomonidan o‘zbek tilining davlat tili sifatidagi maqomi va obro‘-e’tiborini yanada oshirish maqsadida, ijtimoiy hayotining barcha sohalarida, jumladan, davlat boshqaruvi, zamonaviy va innovatsion texnologiyalar, harbiy ish, tibbiyot va boshqa sohalarda davlat tilining imkoniyatlaridan to‘liq va to‘g‘ri foydalanishga erishish hamda davlat tilining axborot va kommunikatsiya texnologiyalari, xususan, Internet jahon axborot tarmog‘ida munosib o‘rin egallashi lozimligi haqida o‘z fikrlarini berib o‘tishdi.































Izohlar 0
…