Toshkentning 3 ta tumanida issiq suv vaqtincha o‘chiriladi

Toshkentning 3 ta tumanida issiq suv vaqtincha o‘chiriladi

Toshkentning Mirzo Ulug‘bek, Shayxontohur va Yashnobod tumanlarida ayrim manzillarga issiq suv yetkazib berish vaqtincha to‘xtatiladi. Bu haqda «Veolia Energy Tashkent» kompaniyasi ma’lum qildi.

Mirzo Ulug‘bek tumanida issiq suv ta’minoti 7–11 sentyabr kunlari «Uyg‘onish» mahallasi, TTZ-2 mavzesining ayrim uylari hamda 512- va 80-sonli bog‘chalarda to‘xtatiladi.

Shayxontohur tumanida esa 7–9 sentyabr kunlari «Samarqand darvoza» mahallasidagi Uchlog‘li ko‘chasining 1-uyida issiq suv bo‘lmaydi.

Shuningdek, 7–9 sentyabr kunlari Yashnobod tumanidagi «Movarounnahr» mahallasi, Nukus ko‘chasida joylashgan qator uylarda ham issiq suv ta’minoti vaqtincha to‘xtatiladi.

Gap 2, 2/1, 2/2, 4, 4/1, 6, 6/1, 6/2 va 8-sonli uylar haqida ketmoqda.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar