U-20 Osiyo kubogining barcha ishtirokchilari aniqlandi

U-20 Osiyo kubogining barcha ishtirokchilari aniqlandi

Xitoy mezbonlik qiladigan 20-yoshgacha bo‘lgan futbolchilar o‘rtasidagi Osiyo kubogi final bosqichining barcha 16 ishtirokchisi nomi ma’lum bo‘ldi. Saralash bahslari yakuniga ko‘ra qit’aning eng kuchli yoshlar terma jamoalari hal qiluvchi turnirga yo‘llanmani naqd qildi.

Jamoliddin Rahmatullayev boshchiligidagi O‘zbekiston U-20 terma jamoasi «B» guruhida mutlaq ustunlik namoyish etib, uchta o‘yinda ham zafar quchdi. Vakillarimiz so‘nggi hal qiluvchi turda Suriya termasini 3:0 hisobida taslim etdi va guruhda birinchi o‘rinni egallab, to‘g‘ridan to‘g‘ri qit’a birinchiligiga yo‘l oldi.

Musobaqaning hal qiluvchi bosqichida quyidagi terma jamoalar maydonga tushadi:

  • Mezbon: Xitoy (to‘g‘ridan to‘g‘ri ishtirok etadi)

  • Guruh g‘oliblari: O‘zbekiston, Janubiy Koreya, KXDR, Tojikiston, Saudiya Arabistoni, Iroq, Yaponiya, Indoneziya

  • Eng yaxshi ko‘rsatkichga ega ikkinchi o‘rin sohiblari: Eron, Iordaniya, Livan, Hindiston, O‘mon, Tailand, Malayziya

U-20 Osiyo kubogining final raundi 2027 yilning 24 martidan 1 apreliga qadar Xitoy stadionlarida tashkil etiladi.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar