110 million so‘m miqdoridagi aliment oldindan to‘lab berildi

110 million so‘m miqdoridagi aliment oldindan to‘lab berildi

Qonunchilikka ko‘ra, ota-onalar farzand ta’minoti uchun bolaning manfaatlariga zid bo‘lmagan aliment to‘lash tartibini belgilashga haqli.

Majburiy ijro byurosining Qorako‘l tuman bo‘limi ish yurituvidagi sud hujjatiga ko‘ra, qarzdor otadan undiruvchi ona foydasiga 1 nafar voyaga yetmagan farzandining moddiy ta’minoti uchun aliment undirish belgilangan.

Ijro ishi yuzasidan undiruvchi murojaat qilib, qarzdor bilan o‘zaro kelishuvga erishganini va unga ko‘ra, qarzdor aliment to‘lovlarini oldindan to‘lashini, undiruvchi esa ijro hujjatini ijrosiz qaytarib olishini bildirgan.

Ijro ishida taraflarning huquq va majburiyatlari hamda aliment to‘lovlarini oldindan to‘lash tartibi bo‘yicha tushuntirish berildi.

Ijro harakatlari davomida taraflarning kelishuviga ko‘ra, qarzdor otadan undiruvchi ona foydasiga 110 million so‘m miqdoridagi aliment pullari oldindan undirib berildi va ijro hujjati undiruvchiga ijrosiz qaytarildi.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar