Istanbul–Farg‘ona reysida 99 ta bagaj Istanbulda qolib ketdi

Centrum Air aviakompaniyasining Istanbul–Farg‘ona yo‘nalishidagi C6 316 reysida uchgan yo‘lovchilarning 99 ta bagaji Istanbulda qolib ketdi.
Ma’lum qilinishicha, 4 oktyabr kuni amalga oshirilgan reysda havo kemasiga yuk ortish vaqtida ekspluatatsion cheklovlar joriy etilgan. Aviakompaniya qaror parvoz xavfsizligi talablariga muvofiq qabul qilinganini bildirgan. Shu sababli bagajlarning bir qismi samolyotga yuklanmagan.
Centrum Air yuzaga kelgan vaziyat sabab yo‘lovchilardan uzr so‘rab, qolib ketgan bagajlarni imkon qadar tezroq Farg‘onaga yetkazish choralarini ko‘rayotganini ma’lum qilgan.
Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, bagajlar 5 oktyabr kuni soat 22:00 da Farg‘ona aeroportiga yetkazilishi rejalashtirilgan. Yo‘lovchilardan bagaj birkalarini saqlab qolish va zarur hollarda Farg‘ona aeroportining bagaj bo‘limiga murojaat qilish so‘ralgan.
Aviakompaniya qolib ketgan bagajlarni yetkazib berish bo‘yicha ishlar olib borilayotganini bildirgan.






























Izohlar 0
…