Toshkentda voyaga yetmagan qiz bilan yashab kelgan erkak zo‘ravonlikda gumon qilinmoqda

Toshkent shahrining Olmazor tumanida voyaga yetmagan qiz bilan shar’iy nikohdan o‘tib yashab kelgan erkak unga nisbatan zo‘ravonlik ishlatgani va tan jarohati yetkazgani haqida ma’lumot berildi. Bu haqda Ijtimoiy himoya milliy agentligining Toshkent shahar boshqarmasi xabar berdi.
Aniqlanishicha, N.M. 2025 yil 28 avgust kuni Ch.B. bilan shar’iy nikohdan o‘tgan va shu kundan buyon u bilan birga yashab kelgan.
Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, Ch.B. voyaga yetmagan N.M.ga nisbatan zo‘rlik ishlatib, jinsiy ehtiyojlarini qondirgan hamda qizga tan jarohati yetkazgan.
Hozirda mazkur holat yuzasidan Olmazor tuman IIB tomonidan tergovga qadar tekshiruv ishlari olib borilmoqda. Shu sababli voqeaning barcha tafsilotlari va huquqiy bahosi hozircha ma’lum emas.
5 oktyabr kuni Olmazor tuman “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi hamda tuman IIB xodimlari voyaga yetmagan N.M. va uning ammasi N.N. bilan suhbat o‘tkazgan.
Hozirda qizning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish, xavfsizligini ta’minlash hamda ruhiy holatini barqarorlashtirish bo‘yicha zarur choralar ko‘rilmoqda.
Shuningdek, kelgusida tazyiq va zo‘ravonlik holatlarining oldini olish maqsadida N.M.ga himoya orderi rasmiylashtirilgan.






























Izohlar 0
…