17:04 / 21.06.2017
8 163

Toshkent shahar va Toshkent viloyati hokimliklari yo‘lovchi transportini lisenziyalashni to‘xtatadi

Toshkent shahar va Toshkent viloyati hokimliklari yo‘lovchi transportini lisenziyalashni to‘xtatadi
QHTBT portalida Prezidentning “Avtomobil transporti sohasida davlat tomonidan boshqarish va tartibga solish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori va Vazirlar Mahkamasining “Avtomobil transporti sohasida davlat tomonidan boshqarish va tartibga solish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlarini amalga oshirish to‘g‘risida”gi qarori loyihalari joylashtirildi, — deb yozadi norma nashri.

Hujjatlarda qayd qilinishicha, hajmli qonun hujjatlari bazasi mavjudligiga qaramay, transport bozorining rivojlanishiga bir-birini takrorlovchi tartibotlar, avtomobil transporti sohasidagi tadbirkorlar uchun cheklovlar va to‘sqinliklar to‘g‘anoq bo‘lmoqda.

Bunday muammolarni bartaraf etish uchun Toshkent shahri va Toshkent viloyati hokimliklari yo‘lovchi transport harakatini lisenziyalash departamentlarini tugatish bo‘yicha komissiyalar tuziladi. Departamentlar O‘zbekiston avtomobil va daryo transporti agentligiga birlashtiriladi.

O‘zbekiston avtomobil va daryo transporti agentligi 2 oy muddatda bepul asosda departamentlar tomonidan berilgan amaldagi lisenziyalar va lisenziya kartochkalarini qayta rasmiylashtiradi. Qayta rasmiylashtirishga qadar tashuvchilar o‘z faoliyatlarini eski lisenziyalar asisida amalga oshiradilar.

Departamentlarni tugatish bo‘yicha komissiya 15 nafar kishidan iborat bo‘lib, unga I.Mahkamov – Vazirlar Mahkamasining Kommunal soha, transport, kapital qurilish va qurilish industriyasi masalalari departamenti mudiri boshchilik qiladi.
Mazkur Qarorlarning qabul qilinishi munosabati bilan:

1. Prezidentning “Toshshahartransxizmat” uyushmasi hamda toshkent shahar hokimligi yo‘lovchi transportining barcha turlari harakatini lisenziyalash va muvofiqlashtirish departamenti faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida” qaroriga;

2. Prezidentning “Toshkent shahri va toshkent viloyatida yo‘lovchilar tashish xavfsizligini ta’minlashga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qaroriga o‘zgartirishlar kiritiladi.

Manba: hordiq.uz

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Toshkent shahar va Toshkent viloyati hokimliklari yo‘lovchi transportini lisenziyalashni to‘xtatadi