17 yoshli qizni yalang‘och suratlari bilan qo‘rqitib, pul talab qilgan yigit ushlandi

1 daqiqa o'qish3
17 yoshli qizni yalang‘och suratlari bilan qo‘rqitib, pul talab qilgan yigit ushlandi

Farg‘ona viloyatida ijtimoiy tarmoq orqali tanishgan 17 yoshli qizning shaxsiy suratlarini internetga tarqatish bilan tahdid qilib, undan pul talab qilgan shaxs qo‘lga olindi. U qo‘rqitish orqali qizdan 595 ming so‘m olishga ulgurgan. Bu haqda Ichki ishlar vazirligi xabar berdi.

Ma’lum bo‘lishicha, Farg‘ona viloyatining Bog‘dod tumanida yashovchi fuqaro ijtimoiy tarmoq orqali Buxoro viloyatining G‘ijduvon tumanida istiqomat qiluvchi, 2009 yilda tug‘ilgan qiz bilan tanishgan. U muloqot davomida o‘zini Ali deb tanishtirgan.

Keyinchalik yigit qizning shaxsiy suratlarini qo‘lga kiritib, ularni internet tarmoqlarida tarqatib yuborish bilan qo‘rqita boshlagan. Suratlar oshkor bo‘lmasligi evaziga undan pul talab qilgan.

Tahdidlar natijasida qiz 2026 yil 18 oktyabr kuni tanishining nomiga rasmiylashtirilgan bank kartasiga 595 ming so‘m o‘tkazib bergan.

Mazkur holat yuzasidan gumonlanuvchiga nisbatan Jinoyat kodeksining 165-moddasi 1-qismi, ya’ni tovlamachilik alomati bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?