Qizaloq o‘z onasining bag‘riga qaytarildi...

Ba’zan sud qarorini ijro etish oson kechmaydi. Ayniqsa, gap bola taqdiri haqida ketganda…
Marg‘ilon shahrida ota-onasi ajrashganida atigi 1,5 yoshda bo‘lgan qizaloqning onasi bilan qayta birlashishi uchun uning yangi turmush o‘rtog‘i sud orqali kurash olib bordi. U qizaloqni o‘z farzandidek qabul qilib, o‘z qaramog‘iga olish istagini qonuniy tartibda himoya qildi.
Mazkur ijro hujjati Byuroning Marg‘ilon shahar bo‘limi ish yurituviga kelib tushgach, davlat ijrochilari oldida mas’uliyatli vazifa turdi.
Ijro harakatlari bir urinishdayoq natija bermadi. Bir necha bor harakat qilindi, turli qiyinchiliklarga duch kelindi, dastlabki urinishlarda bolani olib berishning imkoni bo‘lmadi. Shunga qaramay, davlat ijrochilari tomonidan qonuniy ijroni ta’minlash borasidagi harakatlar davom ettirildi.
Nihoyat, sud hujjati ijrosi ta’minlanib, qizaloq onasi va uni o‘z farzandidek qabul qilgan inson bag‘riga qaytarildi.
Zero, Byuro faoliyatida har bir ijro hujjati ortida inson taqdiri, ba’zan esa bir bolaning kelajagi mujassam.
Bir qizaloq onasi bag‘rida. Bu esa barcha sa’y-harakatlarga arziydigan natijadir.
Obuna bilan reklama bo'lmaydi
Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm
Mavzuga oid yangiliklar

































Izohlar0
…