Toshkent avtobuslari endi qoidabuzar haydovchilarni kameraga oladi

Toshkentda avtobuslar uchun ajratilgan maxsus yo‘laklardan noqonuniy foydalanishga qarshi nazorat kuchaytiriladi. Endilikda jamoat transporti vositalarining old qismiga yo‘l harakati qoidabuzarliklarini avtomatik qayd etuvchi videokameralar o‘rnatiladi.
Shahar Kengashi qaroriga ko‘ra, 2026 yil 15 dekabrga qadar avtobuslarni mobil kameralar bilan jihozlash rejalashtirilgan. Qurilmalar avtobus harakatlanayotgan vaqtda qoidabuzarliklarni aniqlaydi va YHXBning yagona axborot bazasiga ulanadi.
Bundan tashqari, 1 noyabrdan boshlab avtobuslar uchun ajratilgan «A» yo‘laklarida noqonuniy harakatlanayotgan yoki avtomobilini to‘xtatib qo‘ygan haydovchilarga nisbatan nazorat va reydlar kuchaytirildi.
Haydovchilarga avtobuslar va velosipedlar uchun mo‘ljallangan maxsus yo‘laklarga ruxsatsiz kirmaslik hamda ularda avtomobilni to‘xtatmaslik tavsiya etilmoqda. Bunday qoidabuzarliklar belgilangan tartibda jarimaga sabab bo‘lishi mumkin.































Izohlar 0
…