16:04 / 08.07.2017
6 690

Davlat soliq qo‘mitasi: O‘tgan hafta davomida 4 ming 150 ta huquqbuzarlik holatlari aniqlandi

Davlat soliq qo‘mitasi: O‘tgan hafta davomida 4 ming 150 ta huquqbuzarlik holatlari aniqlandi
Davlat soliq xizmati organlari tomonidan amalga oshirilgan soliq nazorati tadbirlari natijalariga ko‘ra, o‘tgan hafta davomida 4 ming 150 ta huquqbuzarlik holatlari aniqlangan, deb yozmoqda UZ24 sayti.

O‘tkazilgan profilaktik va tushuntirish ishlari natijasida to‘g‘ri xulosa chiqarib, soliqqa oid huquqbuzarlikni birinchi marta sodir etib, uning oqibatlarini aniqlangan paytdan boshlab 30 kunlik muddat ichida bartaraf etgan hamda soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlar, shu jumladan, penyalar va boshqa moliyaviy sanksiyalar tarzida davlatga etkazilgan zararning o‘rnini to‘liq qoplagan 1 ming 61 nafar tadbirkorlik sub’ektining mansabdor shaxslari va yakka tartibdagi tadbirkorlar ma’muriy javobgarlikdan ozod etilgan.

Shuningdek, noqonuniy tadbirkorlik faoliyatini birinchi marta sodir etib, huquqbuzarlik aniqlangan paytdan boshlab o‘ttiz kunlik muddat ichida tadbirkor sifatida davlat ro‘yxatidan o‘tgan va davlatga etkazilgan zararning o‘rnini to‘liq qoplagan 96 nafar jismoniy shaxs sudlar tomonidan ma’muriy javobgarlikdan ozod etildi.

Amaldagi qonunchilik talablarini qo‘pol ravishda buzib, huquqbuzarlikka yo‘l qo‘ygan 2 ming 993 nafar shaxsga nisbatan 988,7 million so‘m miqdorida ma’muriy jarima qo‘llanildi.

Shu jumladan:

- savdo va xizmat ko‘rsatish qoidalarini buzgan 598 nafar shaxsga nisbatan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 164-moddasi bilan 89,4 million so‘m miqdorida ma’muriy jarima qo‘llanildi; shundan:

a) xaridorga tovarlar, mahsulotlarni (xizmatlarni) chek (kvitansiya, schet) bermasdan sotish (xizmat ko‘rsatish) bo‘yicha 380 nafar shaxsga nisbatan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 164-moddasi 1-qismi bilan 56,8 million so‘m;

b) nazorat-kassa mashinalarini qo‘llash tartibiga rioya etmaslik bo‘yicha 151 nafar shaxsga nisbatan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 164-moddasi 1-qismi bilan 22,6 million so‘m;

v) to‘lov terminallari bilan jihozlash va pul hisob-kitoblarini amalga oshirishda ularni qo‘llash tartibiga rioya etmaslik bo‘yicha 55 nafar shaxsga nisbatan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 164-moddasi 1-qismi bilan 8,2 million so‘m;

g) narxlarni asossiz ravishda oshirish bo‘yicha 12 nafar shaxsga nisbatan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 164-moddasi 1-qismi bilan 1,8 million so‘m miqdorida ma’muriy jarimalar qo‘llanildi;

- binoni, inshootni yoki ularning bir qismini, turar joyni notarial tasdiqlangan shartnomasiz ijaraga yoki tekin foydalanishga bergan 50 nafar fuqaroga nisbatan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 1591-moddasi bilan 37,5 million so‘m;

- uy-joyga doir mulk huquqini ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazishni amalga oshiruvchi organlarda o‘z vaqtida rasmiylashtirmagan 163 nafar fuqaroga nisbatan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 160-moddasi 2-qismi bilan 24,5 million so‘m;

- daromadlar to‘g‘risidagi deklarasiyani soliq organiga o‘z vaqtida taqdim etmagan 102 nafar fuqaroga nisbatan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 174-moddasi 3-qismi bilan 15,3 million so‘m;

- noqonuniy tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullangan 243 nafar fuqaroga nisbatan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 176-moddasi 1-qismi bilan 181,8 million so‘m;

- avtomobil transportida yo‘lovchilar tashish faoliyati bilan lisenziyasiz shug‘ullangan 159 nafar fuqaroga nisbatan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 1763-moddasi 166 million so‘m;

- soliq hisobotini soliq organiga o‘z vaqtida taqdim etmagan korxonalarning 1382 nafar mansabdor shaxslariga nisbatan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 175-moddasi 1-qismi bilan 206 million so‘m;

- debitorlik qarzi muddatlari o‘tkazib yuborilgan korxonalarning 44 nafar mansabdor shaxslariga nisbatan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 175-moddasi 3-qismi bilan 65,8 million so‘m;

- soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarni to‘lash uchun to‘lov topshiriqnomasini xizmat ko‘rsatayotgan bankka o‘z vaqtida taqdim etmagan korxonalarning 252 nafar mansabdor shaxslariga nisbatan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 175-moddasi 6-qismi bilan 113 million so‘m miqdorida ma’muriy jarima qo‘llanilgan.

DSQ matbuot xizmati

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Davlat soliq qo‘mitasi: O‘tgan hafta davomida 4 ming 150 ta huquqbuzarlik holatlari aniqlandi