
2017 yilning 20 iyun kuni taxminan soat 14:00larda, Nizamov Nuriddin Kamalovich, fuqaro Umirov Xojiakbar Xamidullaevichning ishonchiga kirib, unga 100 Rossiya rubli evaziga o‘zining “Neksiya” rusumli avtomashinasida aeroportdan Chilonzor tumanida joylashgan “Bunyodkor” metro bekatiga olib borib qo‘yishni va’da qilib, biroq aytilgan manzilga kelganlaridan so‘ng, Umarovga har bir bosib o‘tilgan kilometr uchun 100 Rossiya rublidan to‘lanishini tushuntirib, aldov yo‘li bilan undan 3.300 Rossiya rublini qo‘lga kiritgan. Bu haqda Toshkent shahar IIBB rasmiy saytida ma’lum qilindi.
Mazkur holat yuzasidan, Chilonzor tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi JKning 168-moddasi 1-qismi (firibgarlik, ya’ni o‘zganing mulkini aldash va ishonchni suiiste’mol qilish yo‘li bilan qo‘lga kiritish) alomatlari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Hozirda dastlabki tergov harakatlari davom ettirilib, uning boshqa jinoyatlarga aloqadorligi tekshirilmoqda. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar