10-sinf o‘quvchilari uchun jami 31 nomdagi darsliklar nashr etiladi

2 daqiqa o'qish10.9K
10-sinf o‘quvchilari uchun jami 31 nomdagi darsliklar nashr etiladi
Yangi o‘quv yilidan tashkil etilayotgan 10-sinflar uchun jami 31 nomdagi darsliklar nashrga tayyorlanmoqda. Bu haqda Respublika ta’lim markazi direktorining o‘rinbosari Munojat Abralova ma’lum qildi.

“Ayni paytda Xalq ta’limi vazirligi, hududiy xalq ta’limi boshqaruvi idoralari mutaxassislari tomonidan joylardagi ta’lim muassasalarining o‘quvchilar qamrovi bo‘yicha imkoniyatlari, moddiy-texnik bazasi, zarur mebel, inventarlar bilan jihozlangani, kadrlar bilan ta’minlanishi, darsliklarga ehtiyoji tegishli tartibda o‘rganilmoqda. Bu o‘rinda birinchi galdagi vazifa zamon talablariga mos o‘quv reja va dasturlarini ishlab chiqish, 2017-2018 o‘quv yilidan 10-sinf o‘quvchilarini barcha umumta’lim fanlari bo‘yicha sifatli darsliklar bilan ta’minlashdan iborat.

Hozirda Xalq ta’limi vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’limi vazirligi O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazining qo‘shma qarori bilan tasdiqlangan ijodiy guruhlar tomonidan 10–11-sinflar uchun o‘quv dasturlari loyihasi ishlab chiqildi. Bugungi kunda 10-sinf o‘quvchilari uchun jami 31 nomdagi darsliklar nashrga tayyorlanmoqda”, - deydi Munojat Abralova.

Respublika ta’lim markazi direktori o‘rinbosari qayd etishicha, 10-sinflar uchun nashr etilishi rejalashtirilgan har bir darslik texnik tafsiloti, ya’ni bichimi, hajmi, harflar kegli, qog‘ozining og‘irligi, shaffofligi, oqligi, zichligi, muqovalash usuli va hokazolar O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015 yil 3 iyundagi “Ta’lim muassasalari uchun matbaa mahsulotlari xavfsizligi bo‘yicha umumiy texnik reglamentni tasdiqlash to‘g‘risida”gi 146-sonli qaroriga asosan tayyorlandi. Har bir darslikning original maketi ustida o‘ndan ortiq nashriyotlar mutaxassislari va mualliflar ijodiy izlanishlar olib bormoqda. Yangilik sifatida aytish mumkinki, avvalgi darsliklar ikki xil rangda chop etilgan bo‘lsa, 10-sinf darsliklarini to‘rt xil rangda nashr etish rejalashtirilgan.

Yangi darsliklar o‘quvchilarga o‘rnatilgan tartibda ijara tizimi asosida beriladi.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Xalq qabulxonalari va Virtual qabulxonasiga ota-onalardan bo‘layotgan murojaatlarda umumta’lim maktablarida 10–11-sinflarni tashkil etish yuzasidan ko‘plab takliflar bildirilgani bois yurtimizdagi umumta’lim muassasalarida 11 yillik umumiy o‘rta ta’lim tizimi joriy etiladigan bo‘ldi. Tegishli vazirlik va idoralar mutasaddilari, keng jamoatchilik vakillaridan tuzilgan ishchi guruh joylarda ota-onalar va o‘quvchilarning bu boradagi fikrlarini ham o‘rgandi. Unga ko‘ra, umumta’lim maktablarining 466 ming nafar 9-sinf bitiruvchisidan 352 ming nafari 10-sinfda, 114 ming nafari akademik litsey va kasb-hunar kollejlarida o‘qishni davom ettirish niyatida ekani aniqlandi.
Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?