Zangiotada 3 kishini o‘ldirganlikda gumonlanuvchi shaxs ushlandi
1 daqiqa o'qish10.4K

Bugun, 18 avgust kuni ertalab Toshkent viloyati huquqni muhofaza qiluvchi organlari tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 97-moddasi 2-qismi «a» va «j» bandlarida (ikki yoki undan ortiq shaxsni o‘ta shafqatsizlik bilan qasddan o‘ldirish) nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganlikda gumon qilinuvchi M.Musaev ushlandi. Bu haqda viloyat prokuraturasi saytida xabar berildi, deb yozmoqda «UZ24» nashri.
Sud tomonidan M.Musaevga nisbatan qamoqqa olish tarzidagi extiyot chorasi qo‘llanildi.
Bundan avval joriy yilning 15 avgust kuni viloyat prokuraturasi tomonidan Toshkent viloyati Zangiota tumani «Turobobod» mahallasi Turkiston ko‘chasi 15-uyda M.Komilov (1938 y.t.), Sh.Komilova (1951 y.t.) va Sh.Abdievalarning (1967 y.t.) qasddan o‘ldirilganligi holati yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan, mazkur jinoyat ishi bo‘yicha M.Musaevga nisbatan qidiruv e’lon qilingan edi.
Jinoyat mazkur mahallada o‘rnatilgan kuzatuv kamerasi orqali yozib olingan videotasvir yordamida fosh etilgan.
Hozirgi vaqtda jinoyat ishi bo‘yicha dastlabki tergov harakatlari viloyat prokuraturasining o‘ta og‘ir jinoyatlarni tergov qilish bo‘limi tomonidan olib borilmoqda.

- #Toshkent Viloyati
- #Jinoyat Kodeksi
- #M.Musaev
- #O‘zbekiston Respublikasi
- #Qamoqqa Olish
- #Tergov Harakatlari
- #Zangiota Tumani
- #Turobobod Mahallasi
- #Kuzatuv Kamerasi
Maqola sizga yoqdimi?
Obuna bilan reklama bo'lmaydi
Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm
Mavzuga oid yangiliklar

Izohlar0
…