Korporativ plastik karta universal bo‘ladi

1 daqiqa o'qish7.8K
Korporativ plastik karta universal bo‘ladi
Biznes yangi shartlarda kredit-pul jihatidan qo‘llab-quvvatlanadi. Bu haqda QHTBT portalida joylashtirilgan Prezidentning “Tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirishni qo‘llab-quvvatlash tizimini tubdan takomillashtirish va biznes yuritish shart-sharoitlarini yaxshilash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoni loyihasida aytiladi, deb yozmoqda «Norma.uz».

Kredit-pul jihatidan qo‘llab-quvvatlash doirasida quyidagi imkoniyatlar nazarda tutiladi:
  • tadbirkorlik sub’yektlariga – tovarlarni elektron tijorat vositasida sotishda pul mablag‘larini xizmat ko‘rsatuvchi bankka inkassasiya qilish qoidalariga rioya qilgan holda to‘lovlar uchun naqd hisob-kitoblardan foydalanish, shuningdek tovarlar eksportini Milliy axborot-qidiruv tizimida ko‘rsatilmagan xalqaro savdo maydonlari orqali xalqaro, shu jumladan elektron to‘lov kartalaridan foydalangan holda amalga oshirish;
  • yuridik shaxslarga – korporativ bank kartalari orqali ishlab chiqarish, savdo faoliyati, xizmat ko‘rsatish bo‘yicha faoliyat, ishlar bajarish bilan bog‘liq to‘lovlarni, shuningdek har qanday boshqa xarajatlar uchun to‘lovni amalga oshirish, shu jumladan davalat boji va yig‘imlarni to‘lash.

Bundan tashqari, bank operatsiyalari bo‘yicha komissiya haqlarining turi va miqdorini jiddiy qisqartirgan holda banklar tarif siyosatini maqbullashtirish rejalashtirilgan. Xususan, kredit olish uchun hujjatlarni ko‘rib chiqqanlik uchun komissiya yig‘imlarini bekor qilish taklif qilinayotir.

Ushbu yo‘nalishda inkassasiya xizmatlari uchun tariflarni maqbullashtirish va manbalaridan qat’i nazar jismoniy shaxslarning plastik kartalariga mablag‘ tushganda, shuningdek mablag‘larni asosiy hisobvaraqdan yuridik shaxslar va yakka tartibdagi tadbirkorlarning KPKga o‘tkazishda haq undirishni bekor qilish ham taklif qilindi.

Shuningdek, loyiha yuridik shaxslar va yakka tartibdagi tadbirkorlarga hisob-kitob terminallarini 12 oygacha muddatga bo‘lib-bo‘lib to‘lash bilan sotish mexanizmini joriy qilishni ko‘zda tutadi.
Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?