Shavkat Mirziyoyev BMT Inson huquqlari bo‘yicha Oliy komissari bilan uchrashdi

1 daqiqa o'qish7.4K
Shavkat Mirziyoyev BMT Inson huquqlari bo‘yicha Oliy komissari bilan uchrashdi
2017 yil 19 sentyabr kuni BMTning Nyu-York shahridagi bosh qarorgohida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Birlashgan Millatlar Tashkiloti Inson huquqlari bo‘yicha Oliy komissari Zayd Raad al-Husayn bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar bermoqda.

Prezidentimiz O‘zbekiston fuqarolik jamiyatini yanada rivojlantirish, chinakam demokratik huquqiy davlat barpo etishning qat’iy tarafdori ekanini ta’kidladi.

Shavkat Mirziyoyev 2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasi doirasida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli o‘zgarishlarni qo‘llab-quvvatlayotgani uchun Oliy komissarga minnatdorlik bildirdi.

Oliy Komissar O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan islohotlarni qo‘llab-quvvatlashini yana bir bor tasdiqladi hamda 2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasi keng ko‘lamli yangilanishlar uchun mustahkam asos bo‘layotganini qayd etdi.

Zayd Raad al-Husayn mamlakatimiz va Inson huquqlari bo‘yicha Oliy komissar boshqarmasi (IHOKB) o‘rtasidagi amaliy va ochiq muloqotni kengaytirish va mustahkamlashga yangi sur’at baxsh etgan 2017 yil may oyida O‘zbekistonga amalga oshirgan tashrifi yakunlarini yuksak baholadi. Iyun oyida parlament Boshqarma bilan hamkorlik bo‘yicha 90 dan ortiq tadbirdan iborat harakatlar rejasini qabul qildi. IHOKBning Bishkekdagi mintaqaviy ofisi bilan faol hamkorlik rivojlanmoqda. Sentyabr oyi boshida ushbu ofis rahbari O‘zbekistonda bo‘ldi. Sentyabr oyi oxirida BMTning din va e’tiqod erkinligi masalasi bo‘yicha maxsus ma’ruzachisi A.Shahidning O‘zbekistonga tashrif bilan kelishi rejalashtirilgan.

Zayd Raad al-Husayn Shavkat Mirziyoyevga 2017 yil 10-11 noyabr kunlari Samarqandda o‘tadigan Markaziy Osiyoda xavfsizlik va barqaror taraqqiyotning dolzarb muammolari bo‘yicha xalqaro anjumanda ishtirok etishga taklif qilgani uchun minnatdorlik bildirdi.
Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?