32 yoshli yigit kelishmovchilik natijasida nafaqaxo‘r erkakka tan jarohati yetkazdi
1 daqiqa o'qish6.2K

Oqqo‘rg‘on tumanida, 11 sentyabr kuni soat 13.00 larda, Oqqo‘rg‘on tumanida yashovchi 1985 yilda tug‘ilgan Tursunmat Voxidov (ism-familiyasi o‘zgartirilgan) uyi oldida o‘zaro janjallashib, shu mahalladoshi, nafaqaho‘r, 1952 yilda tug‘ilgan Dadajon Normetovni qo‘li bilan urishi natijasida u bosh qismi bilan yerga yiqilgan. Natijada jabrlanuvchi tan jarohati olib shifoxonaning jonlantirish bo‘limiga yotqizilgan. Bu haqda «Toshkent viloyati IIB» xabar berdi.
Dadajon Normetov koma holatida bo‘lganligi sababli muomalaga kira olmasligi, bosh qismiga og‘ir jarohat yetganligi ma’lum bo‘ldi. Ushbu holat yuzasidan Tursunmat Voxidovga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 104-moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Tergovni IIB olib bormoqda.

- #Oqqo‘rg‘on Tumani
- #Tursunmat Voxidov
- #Dadajon Normetov
- #Jinoyat Kodeksi
- #Tergov IIB
- #Tan Jarohati
- #Koma Holati
- #Shifoxona Jonlantirish
- #O‘zbekiston Respublikasi
Maqola sizga yoqdimi?
Obuna bilan reklama bo'lmaydi
Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm
Mavzuga oid yangiliklar

Izohlar0
…