21:17 / 15.10.2017
5 889

Soliqchi transport kompaniyasi rahbaridan 5000 dollar pora talab qildi

Soliqchi transport kompaniyasi rahbaridan 5000 dollar pora talab qildi
Buxoro viloyatining shu nomli tumani davlat soliq idorasida bo‘lim boshlig‘i lavozimida faoliyat yuritgan mansabdor 4000 dollar pora bilan qo‘lga olindi.

“Sof.uz” nashri bildirishicha, soliq mansabdorining ismi oshkor etilmagan, ammo u yuridik shaxslarga soliq solish bo‘limini boshqargani va yoshi 60 dan o‘tgan, quda-andali odam ekani ma’lum qilingan.

Hududdagi “Chorbakr trans servis” firmasida tekshiruv o‘tkazgach, soliq idorasi vakili tashkilot rahbariga tekshiruv natijalari yaxshi emasligi, agar 5000 dollar pora bersa ish silliq ko‘chishini aytgan.

Shu tariqa soliq idorasi bo‘lim boshlig‘i o‘z xizmat xonasida talab etilgan pulning to‘rt mingini olayotganda ushlangan.

Sud hukmiga ko‘ra, soliq idorasi mansabdori 5 yil ozodlikdan mahrum etilgan.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Soliqchi transport kompaniyasi rahbaridan 5000 dollar pora talab qildi