Yoshlar ittifoqining ayrim xodimlariga avtokredit ajratiladi

1 daqiqa o'qish10.5K
Yoshlar ittifoqining ayrim xodimlariga avtokredit ajratiladi
2017 yil 12 oktyabr kuni O‘zbekiston Bosh vaziri A.Aripov tomonidan O‘zbekiston yoshlar ittifoqi xodimlarini moddiy rag‘batlantirishga oid Vazirlar Mahkamasi qarori imzolandi, deb yozmoqda Kun.uz nashri.

Unga ko‘ra, “Asaka” aksiyadorlik-tijorat banki Qoraqalpog‘iston Respublikasi yoshlar ittifoqi Kengashi raisiga, viloyat, shahar, tuman kengashlari raislariga va O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashi xodimlariga O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashi tomonidan takdim etilgan ro‘yxatlar bo‘yicha, “Spark” yoki “Damas” rusumli avtotransport vositalari sotib olish uchun kreditlar ajratishi belgilandi.

Kreditlar quyidagi shartlar asosida beriladi:

kreditni berish muddati - 10 yilgacha;

dastlabki badal summasi - sotib olinayotgan avtotransport vositasi qiymatining 15 foizi;

foizli stavka miqdori — O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining kredit berish sanasidagi amalda bo‘lgan qayta moliyalashtirish stavkasi mikdorida;

kredit bo‘yicha ta’minlash — avtotransport vositasi chiqqungacha va u kafolat bo‘yicha rasmiylashtirilgungacha, kreditni qaytarish yuzasidan majburiyatlarni qisqa muddatli sug‘urtalashni hisobga olgan holda, kredit bo‘yicha sotib olinayotgan avtotransport vositasi kafolati;

foizlarni hisoblab yozish, asosiy qarzni va kredit bo‘yicha asosiy qarzni va hisoblab yozilgan foizlarni to‘lash, hisoblab yozilgan foizlarni va asosiy qarzni to‘lash bo‘yicha uch oylik imtiyozli davrni hisobga olgan holda, bank hisob-kitob metodi bo‘yicha amalga oshiriladi.

O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashi xodimlarining real ehtiyojini ularning kreditga avtotransport vositasi sotib olishga bo‘lgan xohishlari va imkoniyatlarini hisobga olgan holda sotib olish uchun zarur bo‘lgan avtotransport vositalari miqdorini aniqlash yuzasidan ro‘yxatlar tuzadi.

Shuningdek, mazkur ro‘yxat asosida “O‘zavtosanoat” AJ ular tomonidan “Asaka” aksiyadorlik-tijorat banki kreditlari hisobiga avtotransport vositalari sotib olish uchun avtotransport vositalari ajratilishini ta’minlaydi.

Eslatib o‘tamiz, Yoshlar ittifoqi tizimida samarali mehnat qilgan fidoyi yoshlar Toshkent shahri va Toshkent viloyati hududida doimiy propiskaga ega bo‘lishi mumkinligi haqida xabar berilan edi.
Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?