Checheniston rahbari Ramzan Qodirov Instagram’dagi sahifasida o‘zi O‘zbekistonga tashrifi chog‘ida do‘stlashib qolgan, Prezident Shavkat Mirziyoyevning jamoasi a’zosi haqida.
«Aziz do‘stlar! Chechen masaliga ko‘ra, bir donishmand o‘g‘illariga turli o‘lkalarda qo‘rg‘onlar barpo etishni vasiyat qiladi. Ular gap aynan himoya inshootlari va binolari haqida boryapti, deb o‘ylagan. Aslida esa ota o‘g‘illariga har qanday qo‘rg‘ondan yaxshiroq bo‘lgan ishonchli do‘stlar orttirishni topshirgan ekan. Mening aziz otam, ChR birinchi prezidenti, Rossiya qahramoni Ahmadhoji Qodirov musulmonlarga do‘stlik va qarindoshlik aloqalarini mustahkamlashni buyuruvchi, shu bilan birga, ularni uzishni qoralovchi hadislarni aytib berar edi. Men bularning barchasini O‘zbekistonga tashrifim chog‘ida esga oldim, u yerda Ollohning irodasi bilan munosib odamlar bilan tanishdim. Albatta, ajoyib do‘stim va birodarim Oybek Tursunovni topganim men uchun katta baxt. Yaxshi o‘qimishli, halol, xushmuomala va kamtarin yigit. Menga uning davlat miqyosida fikrlash ko‘lami, uning o‘z vatani — O‘zbekiston kelajagiga qat’iy ishonchi yoqdi! O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning safdoshlari va maslakdoshlari jamoasida Oybek Tursunovdek yoshlar bo‘lsa, demak u o‘ziga ajoyib jamoani yig‘ib olgan. Aziz birodarim, uyimning eshiklari siz uchun hamisha ochiq! Albatta, biz Samarqand yoki Buxorodagidek mazali palov tayyorlay olmaymiz, ammo siz O‘zbekistonda tatib ko‘rmaydigan chechen taomlari bilan mehmon qilamiz! Yana shuni aytmoqchimanki, sizning Chechenistonda qo‘rg‘oningiz bor!», — deyiladi postda.
Eslatib o‘tamiz, Checheniston Respublikasi prezidenti Ramzan Qodirov oktyabr oyida O‘zbekistonga kelgan edi.
Manba: Daryo “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
NATO sobiq qo‘mondoni: “Putin Ukrainaning taxminan 20 foizini qo‘lga kiritadi”
AQSH Isroilga puli to‘langan buldozerlarni bermadi
Trampning o‘g‘li Zelenskiy yaqin orada «nafaqadan» mahrum bo‘lishini yozdi
Tramp Putinga qo‘ng‘iroq qilib, Ukrainadagi urushni muhokama qildi
Shavkat Mirziyoyev: “Falastinlik bolalar va ayollarni beg‘araz davolashga tayyormiz”
Immunitetni ko‘tarish uchun 6 ta eng yaxshi vitamin
«Mosfilm» kinostudiyasi o‘z omboridagi tanklarni Rossiya armiyasiga topshirdi