12:01 / 22.12.2017
10 274

Shavkat Mirziyoyev ertaga tongdan videoselektor o‘tkazadi

Shavkat Mirziyoyev ertaga tongdan videoselektor o‘tkazadi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Oliy Majlis Senatining yig‘ilishida ishtirok etib, yangi yilga nom berishi kutilayotgani haqida xabar bergan edik.

Ertaga, 22 dekabr kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev tong sahardan, ya’ni 07:30 da barcha davlat tashkilotlari rahbarlari uchun videoselektor o‘tkazmoqda. Ushbu yig‘ilishda tugab borayotgan yil yakunlari va kelgusi yilda amalga oshirilishi kerak bo‘lgan loyihalar muhokama qilinadi.

Eslatib o‘tamiz, so‘nggi bor Prezident Shavkat Mirziyoyev joriy yilning 19 dekabr kuni maktabgacha ta’lim tizimida amalga oshirilayotgan islohotlarni tahlil qilish va istiqboldagi vazifalarni belgilab olishga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishi o‘tkazgan edi. Navbatdagi yig‘ilish esa barcha sohalarni o‘z ichiga qamrab oladi.

Darvoqe, ushbu yig‘ilishda Prezident Shavkat Mirziyoyev 2018 yilga nom berishi ham ehtimoldan holi emas. Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalayotgan taxminiy fikrlarga ko‘ra, 2018 yil yoshlarni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan nom berilishi mumkin.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Shavkat Mirziyoyev ertaga tongdan videoselektor o‘tkazadi