Islom Karimov nomidagi Respublika xayriya jamoatchilik fondi Facebook'dagi sahifasida Birinchi Prezidentning aka-ukalari bilan tushgan suratini joyladi, deb yozadi Sof.uz.
"Suratda 27 yoshli Islom Karimov (chapdan uchinchi) aka-ukalari Quddus, Ibodullo va Xurshid bilan. Samarqand, 1965 yil", — deya izoh berilgan suratga.
Eslatib o‘tamiz, Islom Karimov fondi O‘zbekiston Birinchi Prezidentining oilasiga daxldor yangi fotosurat va ma’lumotlarni e’lon qilgan edi. Ularga ko‘ra, oilada sakkiz farzand o‘sib ulg‘aygan: bir qiz — Mehriniso va yetti aka-uka: Amonullo, Ibodullo, Arslon, Quddus, Ikrom, Islom, Xurshid.
Fond O‘zbekiston birinchi prezidenti xotirasini abadiylashtirish maqsadida 2016 yilning oktyabrida Tatyana Karimova va Lola Karimova-Tillayeva tomonidan tashkil etilgan. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Global Janub kimniki?
Lukashenko G‘arbga tahdid bilan chiqdi
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
Ispaniya va Gretsiya Kiyevga Patriot tizimlarini yetkazib berishdan bosh tortdi
Ruslar Abrams tanklarining zaif tomonini topishdi
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi