20:00 / 05.02.2018
4 305

"Qamchiq" dovonidagi qutqaruvchilarga maxsus yo‘ltanlamas berildi

"Қамчиқ" довонидаги қутқарувчиларга махсус йўлтанламас берилди
“Qamchiq” Maxsus qidiruv-qutqaruv boshqarmasining transport parki “TREKOL” nomli o‘ta yuqori o‘tuvchanlik qobiliyatiga ega bo‘lgan yo‘ltanlamas bilan ta’minlandi. Bu haqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi matbuot xizmati xabar bermoqda.

Xabarga ko‘ra, “TREKOL” maxsus avriya-qutqaruv texnikasi Rossiyada ishlab chiqarilgan bo‘lib, o‘ta yuqori o‘tuvchanlik qobiliyatiga ega bo‘lgan zamonaviy yo‘ltanlamas transport vositasidir.

Yo‘ltanlamas transport vositasi uch taraflama uzatishli mashina kamerasiz shinalar bilan jihozlangan bo‘lib, yo‘lning xususiyatiga qarab havo bosimi qo‘lda boshqarilib boriladi.

Yo‘ltanlamas-amfibiya “TREKOL” – yengillashtirilgan va sovuq o‘tkazmaydigan oyna-plastik qoplamali kuzovga ega.

Odamlarni salonga chiqarish hamda yuklarni ortish uchun ikkita oldida va kuzovning orqa qismida bitta eshik mavjud.

Mashina ichida boshqa avtomobillar kabi haydovchi va yo‘lovchi uchun ikkita o‘rindiq joylashgan. Yuk ortish qismida 8 kishi yoki 700 kilogram yuk uchun joy ajratilgan.

G‘ildirak formulasi – 6x6, zich joylashgan qumloqda yuk ko‘tarish qobiliyati – 700 kilogramm. Past qatlamli tuproqlar, suvli botqoqli va qorda – 400 kilogramm, yo‘l yoritish – 490 mm, shosseda maksimal tezligi – 70 km/s.

“TREKOL”ning eng asosiy xususiyati – yuqori o‘ta olish qobiliyatidir. U suvda, botqoqlik va qor bilan qoplangan tog‘ yo‘llarida harakatlanishi, shuningdek yetib olish qiyin bo‘lgan joylarga bora olish xususiyatiga ega.

Ayni paytda maxsus transport vositasi “Qamchiq” dovoni yo‘lida sinovdan o‘tkazilmoqda.

Bundan tashqari, sinovlar natijasiga ko‘ra “Qamchiq” MQQBning texnika parkini kuchaytirish uchun, ushbu rusumdagi ikkinchi yo‘ltanlamas transport vositasini xarid qilinishi rejalashtirilgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » "Qamchiq" dovonidagi qutqaruvchilarga maxsus yo‘ltanlamas berildi