1 mart kuni o‘zbek-tojik davlat chegarasi orqali to‘qqizta o‘tkazish punkti ochildi, deya xabar qildi Gazeta.uz nashri.
“Jartepa” (“Sarazm”), “Qushkent” (“O‘ra-Tepa”), “Uchqo‘rg‘on” (“Havotog‘”), “Havastobod” (“Zafarobod”), “Bekabod” (“Hashtyak”), “Pop” (“Navbunyod”), “Ravot” (“Ravot”), “Gulbahor” (“Ayvaj”) avtomobil o‘tkazish punktlari va “Amuzang” (“Hoshadi”) temir yo‘li o‘tkazish punkti o‘z faoliyatini qayta boshladi.
“Ko‘lob-Moskva” yo‘nalishi bo‘ylab birinchi yo‘lovchi poyezdi “Amuzang” (“Hoshadi”) temir yo‘li o‘tkazish punkti orqali 7 mart kuni qatnashni boshlaydi.
Chegara punktlarining ochilish marosimlari ikki mamlakat rasmiy vakillari hamda tutash tuman aholisi ishtirokida tantanali tarzda va do‘stona muhitda o‘tdi, deyiladi TIV xabarida.
O‘zbekiston hukumatining 21 fevraldagi qaroriga ko‘ra, o‘tkazish punktlariga tutash avtoyo‘llar bo‘ylab yo‘l bo‘yi infratuzilmalari, shuningdek fuqarolar uchun zarur ijtimoiy-maishiy sharoitlar yaratiladi. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
AQSHning Markaziy Osiyo davlatlari bo‘yicha strategiyasida Rossiya va Xitoyning tilga olinishi
Eron Afg‘oniston bilan chegarasida beton devor qurishni boshladi
Otabek G‘ulomxo‘jayev: "Tarixiy g‘alaba orqali o‘zbek xalqiga xursandchilik ulashgan yigitlarga rahmat"
Toshkent viloyatida ikki yigit taksi haydovchisining joniga qasd qilmoqchi bo‘ldi
Rogov: Amerika qo‘shinlarining Ukrainada paydo bo‘lishi "ochiq ishg‘ol" bo‘ladi
Gurjiston parlamentida «chet el agentlari» to‘g‘risidagi qonun tufayli mushtlashuv yuz berdi
Rossiya kubogi. SSKA ilk o‘yinda Zenit bilan durang o‘ynadi, Fayzullayev zahiradan tushirildi