23:49 / 26.03.2018
5 826

Eshak aravani mast holatda boshqargan erkak jarimaga tortildi (video)

Eshak aravani mast holatda boshqargan erkak jarimaga tortildi (video)
Toshkent viloyatida mart oyining boshida eshak aravani mast holatda boshqarib ketayotgan erkakka nisbatan viloyat IIB YHXB xodimlari tomonidan ma’muriy bayonnoma tuzildi. Bu haqda «Daryo» Toshkent viloyati IIB YHXB matbuot xizmatiga xizmatiga tayanib xabar berdi[right][/right].

YHXB tomonidan taqdim etilgan videoda tunda katta yo‘lda eshak aravani yolg‘iz o‘zi boshqarib kelayotganini ko‘rish mumkin. Erkak inspektor tomonidan ekspertizadan o‘tish uchun taklif etiladi.

Boshqarma matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, eshak aravani mast holatda boshqargan erkakka nisbatan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 138-moddasi 5-qismi (Moped, velosiped haydovchining, ulovli aravani boshqarib boruvchi shaxsning alkogolli ichimlikdan, giyohvand modda ta’siridan yoki o‘zgacha tarzda mast bo‘lgan holda yo‘l harakati qoidalarini buzishi) bo‘yicha eng kam ish haqining uch baravari miqdorida jarima solishga sabab bo‘ladi (2018 yil 26 mart holatiga ko‘ra EKIHning besh baravari 516 720 so‘mga teng).

Viloyat IIB YHXB haftada bir kun «Avtopatrul tun» profilaktika tadbirini o‘tkazmoqda. 24 mart kungi tadbir davomida YPX inspektorlari mast holatda mashina boshqarish bo‘yicha 89 ta, tegishli hujjatlarsiz transport vositasini boshqarish bo‘yicha 70 dan ortiq holatni aniqladi. 150 dan ortiq avtomashinalar vaqtinchalik jarima maydonlariga qo‘yildi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Eshak aravani mast holatda boshqargan erkak jarimaga tortildi (video)