
Qashqadaryo viloyati Qarshi tumanidagi xonadonlarning birida gaz chaqnashi hodisasi yuz berdi. Bu haqda O‘zbekiston IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi xabariga tayanib Daryo ma’lum qilmoqda.
Xabar berishlaricha, 11 may kuni soat taxminan 10:00 atrofida Qarshi tumani Beshkent shahridagi xonadonlarning birida gaz chaqnashi holati yuz bergan.
«Uy bekasi R.N. uyining oshxonasida gugurt yoqqan vaqtida gaz ballonidan sizib chiqib, xonaga yig‘ilib qolgan gaz va havo aralashmasidan chaqnash sodir bo‘lgan», — deyiladi IIV axborotida.
Qayd etishlaricha, hodisa oqibatida uy bekasi kuyish jarohatlari bilan kasalxonaga yotqizilgan. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.