Dunyoning sanoqli davlatigina Damashq atirgulidan qimmatbaho efir moyi olib, atir-upa, tibbiyot va kimyo sanoatida qo‘llaydi, eksport qiladi. Atirgul yog‘ining bir grammi Saudiya Arabistonida 120 AQSh dollari atrofida baholanadi. Fransiya, Bolgariya, Turkiya va Italiyaning asosiy daromad manbai hisoblangan mazkur yo‘nalish O‘zbekiston sanoati uchun butunlay yangi soha edi.
Uni 20 gektardan ziyod maydonga ekib, katta miqdorda sifatli yog‘ va atirgul gulobi ishlab chiqarish amaliyoti birinchi bor Jomboy tuprog‘ida yo‘lga qo‘yildi. Damashq atirguli bizning sharoitda atigi 20 kun, faqat may oyida «hosilga kiryapti». Ammo natijalar kutilganidan ham ortiq, deb yozadi «Jomboy tongi» gazetasi.
— Qanchalik talab yuqori bo‘lmasin, dunyodagi zavod va sexlar imkoniyati yiliga 800 kilogramm atirgul yog‘i ishlab chiqarish quvvatiga ega, xolos, — deydi «Samarkand rose OIL» fermer xo‘jaligi raisi Suhrob Shamsiqulov. — Qoramo‘yin qishlog‘ining iqlim sharoiti mo‘’tadil. Grunt suvlari yer yuzasiga yaqin joylashgan. Buloqlari ko‘p. Yuqori namgarchilik va bug‘lanish shudring hosil qilib, guldagi yog‘ miqdorini ko‘paytirmoqda. Kuniga ming litrdan ziyod atir gul suvi (gulob) va 100 grammga yaqin efir moyi olinyapti. Sex shu yerning o‘zida ishga tushirilgan. Terim avj pallasida. Ikki kilogramm yog‘, o‘n tonnadan oshiq gulob yetishtirib, xorijga eksport qilish bo‘yicha shartnoma tuzganmiz. Mahsulotimiz Fransiya, Turkiya va Rossiya ishbilarmonlarida ham katta qiziqish uyg‘otmoqda.
Manba: Kun.uz “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Saudiya Arabistoni bilan yana qator sohalarda hamkorlik o‘rnatilishi kutilmoqda
Diniy qo‘mita: Turli vizalar bilan Haj amallarini bajarishning imkoni yo‘q
Xitoyda avtomobil yo‘lining o‘pirilishi oqibatida kamida 24 kishi halok bo‘ldi
Liga 1. PSJ muddatidan oldin chempionlikni hal qildi
Harbiy xizmatdan qochgan 30 dan ortiq ukrainalik chegarani kesib o‘tishga urinib, halok bo‘ldi
O‘zbekistonga qarshi Indoneziyaning asosiy hujumchilaridan biri maydonga tusha olmaydi
O‘zbekistonda yashirin iqtisodiyotga qarshi kurashish rejalari ishlab chiqildi