18:25 / 25.05.2018
3 857

Payariqda haydovchi YPX inspektorini qasddan bosib ketdi

Payariqda haydovchi YPX inspektorini qasddan bosib ketdi
O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasining xabar qilishicha, 24 may kuni soat 12.05larda Samarqand viloyatining Payariq tumanida jinoyat yuz berdi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, telefonda gaplashib mashinani boshqarib borayotgan haydovchi shu yerda xizmat vazifasini o‘tayotgan Samarqand viloyati yo‘l-patrul xizmati inspektori I.N. tomonidan yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash maqsadida to‘xtatilgan. Haydovchi esa xodimning to‘xtash ishorasiga bo‘ysunmay harakatni davom ettirgan va natijada safdor I.N.ni qasddan urib yuborib, voqea joyidan qochib ketgan. Shundan so‘ng safdor I.N. jarohat olgan. Ko‘p vaqt o‘tmay, kasalxonada vafot etgan. Ko‘rilgan choralar natijasida “Damas” rusumli avtomashinaning egasi S.Sh. ekanligi aniqlanib ushlangan.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Fikrlar (0)